Journal Nizomi

“Innovation science and research” jurnali tahririyati (kelgusida «Tahririyat” deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, О‘zbekistan Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida”gi Qonunga, shuningdek О‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Farmonlari va hukumat qarorlari, О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom (Ustav)ga asosan о‘z faoliyatini amalga oshiradi

“Innovation science and research” ilmiyjurnali har oyda www.sciencejournal.uz sayti orqali elektron ko’rinishda chiqariladi va har bir maqola Google Scholar, Zenodo, OpenAire, DevelopmentBible (OAK 14-baza) xalqaro bazalarida indekslanadi va Cyberleninka.ru saytiga joylanadi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.

Jurnalga qabul qilingan maqolalar 3 ish kuni ichida jurnal web sayti sciencejournal.uz ga joylanadi hamda muallifga maqola havolasi taqdim etiladi. O’sha kunning o’zida muallifga BEPUL sertifikat, diplom, ma’lumotnoma va mualliflik guvohnomasi taqdim etiladi.

Tahririyat faoliyatining maqsad va vazifalari

“Innovation science and research” jurnali Respublikamizdagi va Xalqaro oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari va mustaqil ilmiyizlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek, jurnalga Xalqaro va Respublikamizning boshqa ilmiy dargohlari, ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat ko’rsatib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi.