O‘QITUVCHIDA PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Toshmatova Mukaddasxon Azamatovna



Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi. Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis. Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.