BIOLOGIYA FANI O’RGANISH METODOLOGIYASI

Raximboeva Iroda Ergashboevna



Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno fransuz olimi J.B. Lamark va nemis olimi G.R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, yunoncha bioshayot, logos-fan, ya’ni hayot haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Biologiya qisqacha aytganda hayot, uning shakillari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to’g’risidagi fandir. Biologiyaning tekshirish ob’ekti bo’lib o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar, ularning organ, to’qima, hujayra va hujayra kompanentlarning tuzilishi, funkstiyalari, kimyoviy tarkibi, ularda kechadigan jarayonlar hamda organizmning shahsiy va tarihiy rivojlanishi, jamolari, ularning o’zaro va anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.