Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishning o’zaro bir-biriga ta’siri ko’rib chiqilgan. Yashil iqtisodiyot barqaror iqtisodiy rivojlanishning yorqin hamda ideal modeli hisoblanib, u hayotning barcha jabhalariga ta’sir qiladi. Uning kontseptsiyasi qashshoqlik va kambag’allik ko’rinishlarini kamaytirish va aholining turmush tarzini yaxshilash hamda farovonlik darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, barqaror rivojlanish jarayonini faollashtirishga yashil iqtisodiyot dasturini amalga oshirish va sog’lom muhitni yaratish orqali erishish mumkin. Bunda moddiy va insoniy boyliklardan samarali foydalanish, “yashil ish joylari”ni yaratishni qo’llab-quvvatlash, barcha tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda kelajak avlodlarga o’ziga tegishli resurslardan ishlatish huquqini berish va boylikning adolatli taqsimlanishini ta’minlash nazarda tutiladi.