GIPOTERIOZ BILAN OG‘RIGAN ONALARDAN TUG‘ILGAN AVLODNING ICHAK TUTQICH LIMFA TUGUNLARINI POSTNATAL RIVOJLANISHI

Ergashev Suhrob Toxir o'g'li



Ilmiy adabiyotlar shuni ko’rsatdiki, tireoid gormonlarning juda keskin yetishmasligi oqibatida gipotireoz kasalligi rivojlanadi. Gipotireoz - endokrin kasallik bo'lib, qalqonsimon bez gormonlarining qonga tushishi kamayishi yoki to'liq to'xtashi bilan rivojlanadi. Bu gipotireozning ekstremal, klinik ko'rinishdagi shakli bo’lib, teri va teri osti to'qimalarining shilliq osti qavatining shishishi bilan tavsiflanadi, ushbu shishlar yuz va bo'yinda yaqqol namoyon bo’ladi. Biroq, hattoki inson va xayvonlarda juda kam miqdorda tireoid gormonlarni yetishmasligi oqibatida turli a’zo va to’qimalarda o’zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin . Ushbu jarayonlar natijasida organizmda metabolizm jarayonlarini buzilishiga olib keladi, natijada turli a’zo va to’qimalarida, morfologik va funktsional o’zgarishlar kuzatilishi, jumladan, mezenterial limfa tugunlarining o’zgarishlariga olib kelishi mumkin.