GOSPITAL TA’LIM O'QUVCHILARIGA PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISH USULLARI

Umarova Iroda Zafarovna



“Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori (234-son, 05.05.2022-y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya hamda umumiy oʻrta taʼlim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi tashkil etildi.