Ushbu maqola gospital ta’limning ona tili darslarini samarali tashkil etish va sifat so‘z turkumi mavzusini o‘rgatish orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirish xususida fikr yuritadi. O‘quvchilarning, eng avvalo, savodxonligini oshirishda to‘g‘ri o‘qish, so‘z boyligini oshirish, keng fikrlashga o‘rgatish, nutqini, ongini rivojlantirish kabi bir qator xususiyatlarni o‘rganishda ona tili darsini to‘g‘ri tashkil eta bilish haqida qarashlar ilgari surilgan.