BADIIY TARJIMA JARAYONIDA MADANIYATLAR O‘RTASIDAGI FARQLAR

Tursunova Marxabo Raxmonovna



Badiiy matnlar ko’pgina lingvistik xususiyatlar bilan bir qatorda ijtimoiy va madaniy jihatlarni ham namoyon etadi. Adabiyot inson hayotining mazmuni sanaladi va shuning uchun badiiy tarjima madaniyatlar o’rtasidagi asosiy usullardan biri hisoblanadi. Biroq badiiy matnlarni tarjima qilish oson ish hisoblanmaydi, chunki bu jarayonda tarjimn ikkala til va ikki xalq madaniyatidan ham xabardor bo’lishi kerak. Shu sababli tarjimonlar tilning ijtimoiy va nutq bilan bog’liq jihatlaridan xabardor bo’lishlari kerak hisoblanadi.