Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishda qiziqarli va interaktiv o‘yinlar va metodlarning samarali qo‘llanilishini ko‘rib chiqadi. Maqolada o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganish jarayonida motivatsiyasini oshirish, yangi so‘zlarni tez va samarali eslab qolish, shuningdek, grammatika va talaffuzni yaxshilash uchun turli o‘yinalar va faoliyat turlari tavsiya etiladi. Xususan, "Simon says", "Charades", so‘z kartochkalari, qo‘shiqlar, rasmli hikoyalar va texnologik dasturlar kabi o‘yinlar orqali til o‘rganishning qiziqarli va oson usullari taqdim etiladi. Ushbu usullar bolalarning ingliz tilini o‘rganishdagi qiziqishini oshirib, ularni interaktiv va faol tarzda darslarga jalb qilishga yordam beradi