BUG‘DOY NAVLARIDA HOSILDORLIKNI TA’MINLOVCHI KOMPONENTLAR (XORAZM SHAROITI MISOLIDA)

Alloberganova Z.B, Matyakubova Yu.A, Bekchanova M.X



Ushbu maqolada hosildorlikni ta’minlovchi komponentlardan boshoq uzunligi va bitta boshoqdagi don vazniga mineral o‘g‘itlarning ta’siri yoritilgan bo’lib, Bobur hamda Krasnodar-99 navlari o’zaro solishtirib o’rganilgan. Unga ko’ra boshoq uzunligi bo‘yicha navlar o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkich Krasnodar -99 navida kuzatildi. Ushbu navning boshoq uzunligi Bobur naviga nisbatan yuqori bo’lgan. Statistik jixatdan ushbu boshoq uzunligi bo‘yicha farqlanish sezilmaganligi qayd etilgan. Navlarning bitta boshoqdagi don og’irligi bo’yicha navlar orasida farqlanishlar kuzatilmaganligi qayid etilgan.