Jurnal haqida

  • Ommaviy axborot vositasining turi: ilmiy jurnal.
  • Nomi: «Innovation Science and Research». ISSN 2992-8877.
  • Tili: jurnal davlat tilida yuritiladi, shu bilan birga unda rus va ingliz tilida maqolalar chop etiladi.
  • Tarqatish hududi: xalqaro, elektron (online) ko'rinishda.
  • Davriyligi: jurnal har oyda elektron ko'rinishda chiqariladi.
  • Maqolalarni qabul qilish muddati: har oyning 25-sanasiga qadar.
  • Nashr etilish sanasi: har oyning 30-sanasi.
  • OAV guvohnomasi: № 083239.
  • Muassis: «Innovation Science and Research» MChJ.
  • Rasmiy sayt: sciencejournal.uz
  • Telegram kanali: t.me/ScienceJournals_uz

Ixtisoslashuvi

Ilmiy jurnal O'zbekiston Respublikasi va xalqaro oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek, jurnalga oliy ta'lim muassasalaridan tashqari viloyatimiz va respublikamizning boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat ko'rsatib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi.

Maqsad va vazifalar

«Innovation Science and Research» jurnali respublikamizdagi va xalqaro oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek, jurnalga xalqaro va respublikamizning boshqa ilmiy dargohlari, ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat ko'rsatib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi.

Ilmiy yo'nalishlar

  • 01.00.00 Fizika-matematika fanlari
  • 02.00.00 Kimyo fanlari
  • 03.00.00 Biologiya fanlari
  • 04.00.00 Geologiya va mineralogiya fanlari
  • 05.00.00 Texnika fanlari
  • 06.00.00 Qishloq xo'jaligi fanlari
  • 07.00.00 Tarix fanlari
  • 08.00.00 Iqtisodiyot fanlari
  • 09.00.00 Falsafa fanlari
  • 10.00.00 Filologiya fanlari
  • 11.00.00 Geografiya fanlari
  • 13.00.00 Pedagogika fanlari
  • 14.00.00 Tibbiyot fanlari
  • 15.00.00 Farmatsevtika fanlari
  • 16.00.00 Veterinariya fanlari
  • 17.00.00 San'atshunoslik fanlari
  • 18.00.00 Arxitektura fanlari
  • 19.00.00 Psixologiya fanlari
  • 22.00.00 Sotsiologiya fanlari

Nashr va indekslash

«Innovation Science and Research» ilmiy jurnali har oyda sciencejournal.uz sayti orqali elektron ko'rinishda chiqariladi va har bir maqola Google Scholar, Zenodo, OpenAIRE, DevelopmentBible (OAK 14-baza) xalqaro bazalarida indekslanadi va Cyberleninka.ru saytiga joylanadi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.

Jurnalga qabul qilingan maqolalar jurnal veb-saytiga joylanadi hamda muallifga maqola havolasi taqdim etiladi.

Tahririyat

«Innovation Science and Research» jurnali tahririyati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi Qonunga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda jurnal nizomiga asosan o'z faoliyatini amalga oshiradi.

Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yoshlik MFY, Beshkurgon-4 mavzesi, 1-uy, 84-xonadon. Telefon: +998 88 780-44-49.